Hasanboy Do‘smatovning kamar uchun jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekistonlik yengi vazndagi bokschi Hasanboy Do‘smatov navbatdagi jangini Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) kamari uchun o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 14 aprel kuni Do‘smatov Toshkent shahrida tashkil etiladigan IBA chempionlar oqshomi turnirida ringga ko‘tariladi. O‘sha kuni o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasiga ispaniyalik Samuel Karmona raqiblik qiladi.

Ikki bokschi Dubaydagi IBA Chempionlar oqshomida yuzma-yuz kelishgan. IBA kamari uchun kechadigan jangning face to face marosimini ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘tkazib bergan.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Hasanboy Do‘smatov profringda 5 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Uning bo‘lajak raqibi 27 yoshli Karmona esa professional boksda 11 marta ringga ko‘tarilib, 10 ta jangda g‘alaba qozongan, 1 ta bahsda esa imkoniyatni boy bergan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing