Hasanboy Do‘smatov uchun Jahon chempionati yakunlandi

Sport

image

Bugun, 26 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari start oldi.

Dunyo birinchiligida 51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov ilk jangini qozog‘istonlik Saken Bibossinov qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi. 

Ushbu jangchilar shu paytga qadar bir-biriga qarshi to‘qnash kelmagan edi. Chunki, Do‘smatov 2019 yildan buyon havaskor boksda ringga ko‘tarilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bugun 80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov ilk jangini tanzaniyalik  Yusuf Changalaveyga qarshi o‘tkazishi lozim edi. Ammo raqib noma’lum sabablarga ko‘ra jangga chiqmaydigan bo‘ldi va buxorolik bokschi avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, kecha, 25 oktyabr kuni 67 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev irlandiyalik Brendan Makkiverni mag‘dub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Hasanboy Do'smatov

Baholaganlar

1009

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing