Harris mag‘lubiyatini tan oldi
Olam
−
07 noyabr
8763Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzod, mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris Vashingtondagi Garvard universitetida saylovdagi mag‘lubiyatdan keyin ilk nutqini so‘zladi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Harris o‘z tarafdorlari, jamoasi, eri va Prezident Jo Baydenga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi va “biz o‘tkazgan poygadan juda faxrlanamiz” dedi.
Vitse-prezidentning aytishicha, u allaqachon Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilgan va hokimiyatni boshqarish jarayonida unga yordam berishga va’da bergan.
"Amerika demokratiyasining asosiy prinsipi bor. Agar biz saylovda yutqazsak, natijalarni tan olamiz. Ushbu tamoyil demokratiyani monarxiya yoki zulmdan ajratib turadi", dedi u.
Harris, shuningdek, amerikaliklar ma’lum bir Prezident yoki partiyaga emas, balki AQSH Konstitutsiyasiga sodiq ekanligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba uchun zarur bo‘lgan 270 ta ovozdan ortiqroq ovoz oldi. Kamola Harris esa 224 ovozni qo‘lga kiritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq dunyo yetakchilari ham Trampni g‘alabasi bilan tabriklagandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi