Harri Keyn “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish imkoniyati borligini aytdi

Sport

image

“Bavariya” va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanini aytdi. Bu haqda Keyn “The Standard” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Avvalroq, “Barselona” hujumchisi Lamin Yamal o‘zini mazkur mukofotni qo‘lga kiritish uchun asosiy nomzod deb atagan bo‘lsa, “Real Madrid” forvardi Kilian Mbappe esa sovrin aynan unga tegishli bo‘lishi kerakligini bildirgan edi.

“Yamal va Mbappening bayonotlari? O‘zim haqimda bunday gapirish mening tabiatimga xos emas. O‘tgan mavsumda erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman va natijalarim boshqalarnikidan kam bo‘lmaganini bilaman. G‘alaba qozonishdan nihoyatda faxrlanaman va menda imkoniyat bor, deb o‘ylayman”,  deydi Keyn.

Ma’lumot uchun, 2025-2026 yilgi mavsumda Keyn “Bavariya” bilan Germaniya chempionati, Germaniya Kubogi va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqdi. Shuningdek, u Bundesliganing eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Keyn Angliya terma jamoasi safida 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan Jahon chempionatida ham ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing