Harbiylarning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi
Jamiyat
−
15 yanvar 2020
18904Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Quyidagi hollarda:
- kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi yoki uning oila a’zolari davolanishni davom ettirish uchun bir davolash-profilaktika (harbiy-tibbiy) muassasasidan boshqasiga o‘tkazilishga muhtoj bo‘lsa;
- harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lib harbiy xizmatdan bo‘shatilgan sobiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va generallar hamda harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida shikastlanish (yaradorlik, jarohat), kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilar statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalarida davolanishga muhtoj bo‘lsa;
- uning davolanish manziliga borish va qaytishda (yiliga bir marta) temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan foydalanish zarurati tug‘ilsa,
- katta ofitserlar va generallar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan taqdirda ularning oila a’zolariga ham transportdan foydalanishi uchun HTK ularning ko‘chirishga muhtojligi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Shuningdek, harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lib harbiy xizmatdan bo‘shatilgan sobiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va generallar hamda harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida shikastlanish (yarodorlik, jarohat), kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilar, shuningdek, harbiy xizmatda bo‘lishining umumiy davomiyligi 25 yil va undan ortiq bo‘lgan katta ofitser va generallarning oila a’zolari davolanish uchun davlat sog‘liqni saqlash tizimi tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalariga (shu jumladan idoraviy, harbiy-tibbiy yoki sanatoriy-kurort muassasalariga) borayotganda xulosa beriladi. Bundan tashqari, sog‘lig‘i tufayli ta’til berilgan yoki harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgandan (iste’foga chiqarilgandan) so‘ng yashash manziliga borayotganda harbiy xizmatchilar kuzatib boruvchiga muhtoj bo‘lsa, HTK kuzatib boruvchilarga muhtojlik to‘g‘risida, ularning sonini ko‘rsatgan holda, xulosa chiqaradi.
LiveBarchasi