Harbiylarning xizmat telefonlariga TikTok ilovasini o‘rnatish taqiqlandi

Olam

image

Shvetsiya Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining xizmat telefonlariga TikTok ilovasini o‘rnatishni taqiqladi. Bu haqda RT telekanali xabar berdi

Qayd etilishicha, ushbu qaror mobil ilovaning ma’lumotlarni to‘plash qobiliyati va keyinchalik bu ma’lumotlar Xitoy ixtiyoriga o‘tib ketishi mumkinligi sabab qabul qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, allaqachon harbiylarning mobil qurilmalaridagi ilovani o‘chirish ishlari boshlab yuborilgan. 

Avvalroq AQSH Kongressi Vakillar palatasi ham mamlakat oliy qonun chiqaruvchi organi a’zolari va xodimlarining rasmiy gadjetlariga TikTok ilovasini o‘rnatishni man etgandi. Mamlakat hukumati ushbu ilova ustidan nazorat Xitoy hukumati qo‘lida ekanini iddao qilib, uni milliy xavfsizlik uchun xavf sifatida ko‘rmoqda. Joriy yilning mart oyi boshida Oq uy ma’muriyati ham uning bloklanishini qo‘llab-quvvatlagandi

Ma’lumot uchun, xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar tufayli TikTok'ni bloklagan davlatlar ro‘yxatida Fransiya, Daniya, Niderlandiya va Norvegiya kabi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham bor. Afg‘oniston va Pokiston esa ilovani "axloqsiz kontentni targ‘ib qilgani" uchun taqiqlagan. Rossiyada ham 2022 yilda ilova "besoqolbozlikni targ‘ib qilgani" uchun uning egasi bo‘lgan TikTok Pte Ltd kompaniyasi 3 million rubl miqdorida jarimaga tortilgan. Shuningdek, TikTok ilovasi O‘zbekiston hududida ham hamon blokda qolmoqda.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

TikTok Harbiylar Shvetsiya Mudofaa vazirligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing