Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarga kvota tasdiqlandi
Jamiyat
−
30 iyul
5044Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9745 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, harbiy qism qo‘mondonligining besh foizli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga kvotalar ta’lim shakllari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- kunduzgi – 6400 ta (davlat granti - 1 742 ta, to‘lov-kontrakt - 4 658);
- sirtqi – 2606 ta (to‘lov-kontrakt);
- kechki – 458 ta (to‘lov-kontrakt);
- masofaviy – 281 ta (to‘lov-kontrakt).
Ma’lumot uchun, harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar uchun mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va boshqa yo‘nalishlar uchun hisobga olinmaydi. Imtiyozli kvota yo‘nalishlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Ushbu imtiyozdan foydalanishda abituriyent grant uchun kamida 68 ball, kontrakt uchun kamida 56,7 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. Undan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim kesimida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim shakllari, tillar va yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy taqsimoti e’lon qilingandi.
LiveBarchasi