Harbiy okruglar kamida 10 tadan maktabni otaliqqa oladi

Jamiyat

−

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Akademiyasiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Davlat rahbari o‘quv muassasasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va u yerda yaratilgan ta’lim infratuzilmasi ob’ektlari, shuningdek, Qurolli Kuchlarning zamonaviy qurol va harbiy texnika namunalari hamda milliy mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Mamlakat aholisini va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bilan bog‘liq ishlarni “Jasur jangchi – yoshlar uchun namuna” shiori ostida yanada jadallashtirish, harbiy okruglar qo‘mondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

Qurolli Kuchlarda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifasi ham qo‘yildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing