Harbiy komissarlik binosini yoqib yubormoqchi bo‘lgan o‘quvchi qiz ikki yilga qamaldi

Olam

image

Rossiyaning Qozon shahrida harbiy komissarlik binosini yoqib yuborishga uringan qiz ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Tatar Inform” xabar berdi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilning 3 oktyabrida qiz o‘zi bilan bir necha shisha olovli aralashmani olib, harbiy ro‘yxatga olish idorasiga borgan. Tonggi soat to‘rtda u tez yonuvchan suyuqlik solingan shishalarni bino tomon ota boshlagan. Biroq shishalar binoga yetib bormay, uning yaqinidagi o‘tloqqa tushgan. 

Qiz voqea joyida hibsga olingan. Tintuv paytida soqchilar undan yana bir shisha yondiruvchi aralashmani topgan. Maktab o‘quvchisi mulkni qasddan yo‘q qilishga urinishda ayblanib, uy qamog‘iga olingan. Ish Sovet tuman sudiga topshirilgan.

Maktab o‘quvchisi aybini tan olgan. Sud uni ikki yil shartli qamoq jazosiga hukm qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiyaning Irkutsk shahrida armiyaga chaqiruv olgan yigit harbiy komissariatda otishma sodir etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya harbiy komissarlik o'quvchi qiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing