Rossiyada armiyaga chaqirilgan fuqaro harbiy komissariatda otishma uyushtirdi (video)
Olam
−
26 Sentabr 2022
22271Rossiyaning Irkutsk viloyati Ust-Ilimsk shahri mudofaa bo‘limida otishma yuz berib, harbiy komissar jarohatlandi. Bu haqda viloyat gubernatori Igor Kobzev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlangan komissar shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Uning ahvoli o‘ta og‘ir deb baholangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, komissar Aleksandr Yeliseyevga 25 yoshli mahalliy fuqaro Zinin Ruslan tomonidan o‘q uzilgan. U hozirda ushlangan.
“Endi hammamiz uyga ketamiz”, degan Zinin Yeliseyevga qarata o‘q uzishdan oldin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Zinin bugun, 26 sentyabr kuni armiyaga olinishi kerak bo‘lgan. U harbiy komitetga qanday qilib qurol bilan kirgani noma’lum.
Xozirda Zinin Ruslanga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 317-moddasi (“Huquqni muhofaza qilish organi xodimining hayotiga tajovuz qilish”) va 222-moddasi (“Noqonuniy qurol saqlash va olib yurish”) bilan jinoiy ish ochilgan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi