Har tomchi qon uchun qasos olamiz – Turkiya Mudofaa vaziri

Olam

image

Turkiya Qurolli kuchlari Suriya va Iroqdagi harbiy amaliyotlar davomida 250 dan ortiq terrorchini zararsizlantirdi. Bu haqda bugun, 23 noyabr kuni kuni Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi. 

Panjali qilich operatsiyasi havodan va yerdan o‘q uzish bilan davom etmoqda. Shu kungacha operatsiya davomida 471 nishonga zarba berildi, 254 terrorist zararsizlantirildi”, deydi u Agqarada jurnalistlarga. 

Akarning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya respublikadagi hujumlar chog‘ida qurbon bo‘lgan bolalar, o‘qituvchilar va fuqarolarning har tomchi qoni uchun qasos olish maqsadida qo‘shni davlatlarda operatsiyalarni davom ettiradi. 

Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Panjali qilich” operatsiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Yerdan havo yordami artilleriya tomonidan ta’minlandi. Zarbalar Kirdiston ishchilar partiyasi (KIP) va uning Suriyadagi bo‘linmasi Turkiyada taqiqlangan “Xalq o‘zini-o‘zi mudofaa kuchlari”ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell Rifat, Jizre va Derik hududlarida operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilganini ma’lum qildi. 

Turkiya matbuoti xabariga ko‘ra, Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlari 21 noyabr kuni Turkiya chegara shaharlari Damashq tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng Suriya hududlariga zarba berishni davom ettirgan.

Eslatib o‘tamiz, Amerika Qo‘shma Shtatlari ma’muriyati Suriyada keskinlikni pasaytirish zarurligini ta’kidlab, Turkiyaning "Panjali qilich" operatsiyasi fonida Iroqda muvofiqlashtirilmagan harbiy harakatlarga qarshi chiqdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing