Har bir viloyatga rahbar bo‘la oladigan odamni 4-5 yil oldin tayyorlashga majburman – Prezident

Jamiyat

image

Namangan shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Avval xabar berganimizdek, sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

"Xabarlaring bor, Namangan viloyatining avvalgi hokimi Xayrulla Bozorov islohotlarimizni amalga oshirish bo‘yicha ko‘p ishlar qildi. Bu yerda olingan saboq va tajribani ikkinchi viloyatda ham qo‘llash, odamlarning birini ikki qilish uchun uni Farg‘ona viloyatiga hokim qildik. Endi Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlash masalasini ko‘rib chiqishimiz kerak. Namanganning bugungi rivojiga munosib, uddaburron, xalqparvar, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlaydigan odamni rahbar qilib saylashimiz kerak", dedi Prezident.

Davlat rahbari hokimlarni tayyorlash va tayinlash mas’uliyati haqida gapirdi.

"Hayot shundayki, men har bir viloyatga rahbar bo‘la oladigan odamni to‘rt-besh yil oldin tayyorlashga majburman. Shavkat Abdurazoqov Namangan tumani, Namangan shahrida hokim bo‘lgan, Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, vazir bo‘lib ishlagan. Namanganning sharoitini, xalqning dardini, Toshkentdagi kabinetlar eshigini qanday ochishni, masalani qanday hal qilishni biladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, dDavlat rahbari 2020 yil sentyabr oyidan buyon Namangan viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Shavkat Shokirjonovich Abdurazoqov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Xalq deputatlari, nuroniylar, ayollar, yoshlar so‘zga chiqib, nomzodni qo‘llab-quvvatladi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Shavkat Abdurazoqov Namangan viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrif

Baholaganlar

165

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing