Har bir tuman va shaharga chet tili o‘qitishni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mdan beriladi
Jamiyat
−
07 May 2021 8539 1 daqiqa
Avval xabar berganimizdek, kecha, 6 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida chet tillarini o‘qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda viloyat hokimliklariga maktablarda chet tilini o‘qitish sifatini oshirish uchun mahalliy byudjetdan har bir tuman va shaharga 1 milliard so‘mdan mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, Prezident o‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malakasiga qarab ularni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.
Xalqaro sertifikatning dastlabki va o‘rta darajasini olgan o‘qituvchilarning oylik maoshiga 40 foiz, yuqori natija ko‘rsatganlarga 50 foiz ustama berilishi belgilandi.
Bundan tashqari, yuqori ball olgan o‘qituvchilarga xalqaro sertifikat olish uchun test topshirish xarajatlari qoplab beriladi. Kelgusi yildan boshlab, ishga qabul qilinayotgan chet tili o‘qituvchilariga milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lish talabi kiritiladi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr