Hamshirani haqoratlagan fuqaro 15 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
02 fevral 2023
7291Qashqadaryoda hamshirani haqoratlagan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 30 yanvar kuni taxminan soat 8:30 lar atrofida Yakkabog‘ tumanidagi Alaqarg‘a qishlog‘ida joylashgan poliklinikaga Yakkabog‘ tumani “Jaychi” MFYda yashovchi fuqaro O.E. kelib, mobil telefoni bilan poliklinikani videotasvirga olgan. Poliklinika katta hamshirasi M.J. undan nima sababdan videotasvirga olayotganini so‘raganda, O.E. uni fuqarolar oldida haqorat qilgan.
Natijada katta hamshira M.J. shu kuni soat 10:30 larda o‘zini haqorat qilgan fuqaroga nisbatan Yakkabog‘ tuman IIBga ariza berish maqsadida ketayotganda yo‘lda, ya’ni “Yakkabog‘ istiqloli” bozorda O.E.ni uchratib qolgan. O‘zaro muloqot davomida O.E. bozorda takroran katta hamshira M.J.ni ikkinchi bor haqorat qilgan. Natijada fuqaro O.E.ga nisbatan Yakkabog‘ tuman IIB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoiy ishlar bo‘limi Yakkabog‘ tuman sudiga yuborilgan.
Jinoiy ishlar bo‘limi Yakkabog‘ tuman sudining 2023 yil 31 yanvar kunidagi qaroriga ko‘ra, fuqaro O.E. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr