Hammomga smartfon olib kirgan yigit o‘lik holda topildi
Olam
−
17 fevral
17012Rossiyaning Moskva shahrida yashovchi 22 yoshli yigitning jasadi uyidagi hammomdan topildi. Bu haqda "NTV" telekanali xabar berdi.
Bildirilishicha, yigit hammomga o‘zi bilan birga qo‘l telefonini olib kirgan va uni quvvatlagichga ulagan. Shundan so‘ng, u elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektrga ulangan smartfon marhum cho‘milayotgan vaqtda suvga tushib ketgan. Oqibatda yigitni kuchli tok urgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea joriy, 2024 yil 15 fevral kuni Korneychuk ko‘chasida sodir bo‘lib, yigitni u bilan birga yashaydigan 38 yoshli amakisi hammomdan hushsiz holatda topgan. Shundan so‘ng, u qarindoshiga birinchi yordam ko‘rsatishga uringan hamda o‘sha yerdagi do‘stidan tez yordam chaqirishini so‘ragan. Ammo shifokorlar yetib kelgan vaqtda yigitning allaqachon joni uzilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Rostov viloyati Novocherkassk shahrida yashovchi 13 yoshli o‘smir ham hammomda telefon orqali gaplashayotgan vaqtida vafot etgandi.