Hamma gunohlarning onasi – hasad

Foydali

Havasning fazilati va hasadning oqibati haqida Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor” jome masjidi imom-xatibi Rahimberdi domla Rahmonov bilan suhbatlashdik.

Ota-onalarimiz havas qilib farzand katta qilishgan. Hovlining “etagi”ga terak qalamchalarini qadab qo‘yishgan. O‘g‘lim katta bo‘lguniga qadar teraklarim katta bo‘ladi. Ayvonli, to‘sinli uylar quraman, degan havas qilishgan.

Onalarimiz hali bo‘yi yetmagan qizlar uchun sandiqlar olib, seplar yig‘a boshlashgan. Sarpolar qila boshlashgan. Bu – havas. Havas qilishimiz kerak. Qani endi meni farzandim, o‘g‘lim shunday yigit bo‘lsa, meni qizim ham shunday yaxshi daraja topsa, deb yaxshi niyat qilishimiz lozim. Havas bu – yaxshilik, fazilat.

Lekin hasad uning ziddi. Hasad insonni harob qiladi. Hasadgo‘y odam, avvalambor, o‘zini kasal qiladi. Allohning nazdida uning darajasi pasayadi. Allohning taqdiriga noroziligini izhor qilgan, bu bilan Yaratganning g‘azabiga duchor bo‘ladi. Havas qilsak, Alloh nasib etadi. Buning evaziga Alloh ajr beradi.

Havas bilan odamlarga munosabatda bo‘lgan odamni Rasululloh sollallohi alayhi vasallam uning jannati ekanligining bashoratini berdilar. Havas bilan yashamoq jannatiylik fazilati, hasad bilan yashamoq bu – qahrga uchramoq, Alloh taoloning amriga qarshi chiqmoqdir.

“Azizlar, yaxshi insonlarga havas qilaylik. O‘zimiz farzandlarimizning o‘zimizdan taqvodorroq, ilmliroq, saxiyroq, shirinsuxanroq, axloqliroq odamlar daajasiga yetishi havasi bilan yashaylik. Bu oy jannatni, xatmi Qur’onlarni, gunohlardan forig‘ bo‘lishni havas qiladigan oy. Alloh taolo qalbimizni yomon illatdan, ayniqsa, hasaddan o‘zi asrasin. Havasni qalbimizga solsin. Umrimizni poyoniga qadar yaxshilarga havas bilan shu yo‘lda intilib, o‘sha havas qilgan daraja erishmoqlikni hammamizga nasib aylasin!”, dedi suhbatdoshimiz Rahimberdi domla Rahmonov.


Maqola muallifi

Teglar

Ramazon

Baholaganlar

43

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing