HAMAS yetakchilari Turkiyada maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi – OAV 

Olam

image

HAMAS rahbariyati Turkiyada yashirin yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Isroilning "Kan" davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari orasida HAMASning xorijdagi vakolatxonasi rahbari Xolid Mashal, harakatning Siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriy va tashkilot rahbariyatining boshqa vakillari bo‘lgan.

Manbaning aytishicha, uchrashuvdan maqsad G‘azo sektorida ham, Livan-Isroil chegarasida ham harbiy harakatlarni davom ettirish bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash istiqbollari ham muhokama qilingani taxmin qilinmoqda.

"Kan" xavfsizlik nuqtayi nazaridan Turkiya yig‘ilishga mezbonlik qilish uchun tanlanganini bildirgan. 

“HAMAS rahbariyati barcha masalalarni videoaloqa va telefonlardan foydalanmasdan shaxsan muhokama qilishga va uchinchi davlatda Isroil razvedka xizmatlari kirish imkoniga ega bo‘lmagan xavfsiz, yopiq xonada uchrashuv o‘tkazishga qaror qildi”, deya qayd etadi teleradiokompaniya.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil mudofaa kuchlari HAMASning G‘azo sektoridagi yetakchisi Yahyo Sinvarning qayerda ekani haqidagi ma’lumot uchun 400 ming dollar mukofot puli taklif qilayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing