HAMAS sulh taklifiga rozi bo‘ldi

Olam

image

HAMAS harakati G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni nazarda tutuvchi kelishuv bo‘yicha Qatar va Misr vakillarining takliflarini ma’qulladi. Bu haqda HAMASning siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya ma’lum qildi.

Xoniya Qatar Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy va Misr razvedkasi rahbari Abbos Komil bilan telefon orqali muloqot qilgan. U o‘z suhbatdoshlariga HAMAS harakati o‘t ochishni to‘xtatishga oid kelishuv bo‘yicha ularga berilgan takliflarni ma’qullagani haqida ma’lum qildi.

HAMAS bayonotida takliflarning mazmuni haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Isroil bilan kelishilgan oxirgi rasmiy sulh taklifi Misr tomonidan 27 aprel kuni HAMASga taqdim etilgan edi. O‘sha paytda ilgari surilgan tashabbus anklavda o‘t ochishni to‘xtatish evaziga G‘azoda HAMAS tomonidan garovga olingan 20-40 kishini ozod qilishni ko‘zda tutgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Ismoil Xoniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing