HAMAS sulh evaziga garovdagi 33 kishini ozod qilish taklifini oldi – CNN
Olam
−
30 aprel
3413HAMAS harakati G‘azo sektorida garovga olingan 33 kishini ozod qilish bo‘yicha yangi taklifni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kecha, 29 aprel kuni manbalariga tayanib, CNN xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Misr anklavdagi jangovar harakatlarni to‘xtatib turish evaziga 33 nafar garovga olinganlarni ozod qilishni taklif qilgan. Bu taklif Isroil yordami bilan tayyorlangan. Biroq manbalar yahudiy davlati bunga to‘liq rozi emasligini aytmoqda.
Yangi taklif ikki bosqichni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich jangovar harakatlarni to‘xtatib turish evaziga bir necha hafta davomida 20 dan 33 gacha garovga olinganlarni ozod qilishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich – bu "barqaror tinchlikni tiklash", ya’ni doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yo‘lini topish.
“Al-Qahera al-Ihbariya” telekanali HAMAS delegatsiyasi G‘azo sektorida sulh o‘rnatish bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichidan so‘ng Qohirani tark etgani haqida xabar bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken HAMASni Isroilning taklifini qabul qilishga chaqirgan edi.
LiveBarchasi