HAMAS siyosiy byurosi rahbari Tehronda o‘ldirildi
Olam
−
31 iyul
19129Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya o‘ldirildi. Bu haqda Eron Inqilobiy Gvardiyasi bayonotiga tayanib, “Mehr” agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xoniya va uning qo‘riqchilaridan biri Tehrondagi qarorgohga qilingan hujumdan so‘ng halok bo‘lgan.
“Bugun ertalab Tehronda HAMAS siyosiy idorasi rahbari Ismoil Xoniyaning qarorgohiga hujum uyushtirilib, u va uning tansoqchilaridan biri halok bo‘ldi”, deyiladi Eron Inqilobiy Gvardiyasi bayonotida.
Bildirilishicha, voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
HAMAS harakati ham Xoniya halok bo‘lganini tasdiqladi. HAMAS vakillari voqeada Isroil tomoni aybdor ekanini qo‘shimcha qildi. Ularga ko‘ra, Xoniyaga hujum Eronning yangi Prezidentining inauguratsiya marosimida ishtirok etganidan so‘ng uyushtirilgan.
LiveBarchasi