HAMAS Sinvarning o‘ldirilganini tasdiqladi

Olam

image

HAMAS harakati o‘z yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilganini tasdiqladi va Isroil qo‘shinlari hududni tark etmaguncha, garovga olinganlarni ozod qilish niyatida emasligini bildirdi. Bu haqda harakatning Siyosiy byurosi a’zosi Xalil al-Heya ma’lum qildi.

U “harakat yetakchisi Yahyo Sinvarga suiqasd uyushtirilganini” tasdiqladi va uning o‘limi “harakatni yanada kuchaytirishi”ga ishora qildi.

“HAMAS sobiq yetakchilari belgilab bergan yo‘ldan borishda davom etadi”, deya qo‘shimcha qildi al-Heya.

HAMASning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilingan Sinvarning o‘limiga oid bayonotda ta’kidlanishicha, harakat Isroil qo‘shinlari blokadadagi G‘azo sektoridan olib chiqilmaguncha, garovga olinganlarni ozod qilmoqchi emas.

“Biz e’lon qilamizki, qarshilikchilar tomonidan garovga olinganlar Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzi to‘xtamaguncha, Isroil qo‘shinlari anklavdan chiqmaguncha va Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslar ozod etilmaguncha uylariga qaytmaydi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning o‘ldirilishi tashkilotning Isroilga qarshi kurashni davom ettirish qarorini yanada kuchaytiradi.

Yahyo Sinvar 61 yoshida vafot etdi. U HAMASning G‘azo sektoridagi rahbari, tashkilotning harbiy qanoti va ichki xavfsizlik bo‘linmasi asoschilaridan biri bo‘lgan. U Isroil tomonidan uch marta – 1982, 1985 va 1988 yillarda hibsga olingan. 2011 yilda u Isroil qamoqxonasidan SAXAL askari Gilad Shalitga ayirboshlash doirasida ozod qilingan. 2012 yilda u Siyosiy byuroga saylangan. 2017 yilda esa u Ismoil Xoniya o‘rniga G‘azo sektoridagi HAMAS yetakchisi bo‘ldi. Xoniya 2024 yil iyul oyi oxirida Tehronda o‘ldirilgan, shundan so‘ng Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS Yahyo Sinvar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made