HAMAS rahbariyati Qatardan ko‘chib ketmoqchi – WSJ 

Olam

image

HAMAS harakatining siyosiy rahbariyati Qatardan boshqa arab davlatiga ko‘chib o‘tmoqchi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni Amerikaning “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

Gazetaning ismini oshkor etmagan arab rasmiylariga tayanib qayd etishicha, HAMAS so‘nggi kunlarda mintaqadagi kamida ikki davlat, jumladan, Ummon bilan aloqa o‘rnatgan.

Nashrning yozishicha, HAMASning Qatardan ketishi isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni buzishi mumkin.

"Muzokaralar yana boshi berk ko‘chaga kirib qoldi, yaqin kelajakda ularning tiklanishi haqida deyarli hech qanday alomat yoki istiqbol yo‘q, HAMAS va muzokarachilar o‘rtasida ishonchsizlik kuchayib bormoqda", deya arab vositachisining so‘zlarini keltiradi gazeta.

Yana bir manba “muzokaralarning to‘liq barbod bo‘lishi ehtimoli juda real”, deya ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, Qatar Misr va Qo‘shma Shtatlar HAMAS va Isroil o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda xalqaro vositachi hisoblanadi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qatar HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing