HAMAS Isroilga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha shartlarini yetkazdi
Olam
−
15 mart 2024 7741 1 daqiqa
HAMAS Qatar vositachiligida “G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha keng qamrovli reja”sini Isroil tomoniga topshirdi. Bu haqdagi tegishli bayonot HAMASning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida e’lon qilindi.
HAMASning rejasiga garovdagilarni falastinlik asirlarga almashtirish, Isroil armiyasining G‘azo sektoridan olib chiqib ketilishi va tinch aholini anklav shimoliga qaytarish kiradi.
Isroil Bosh vaziri devonining qayd etishicha, HAMAS “qabul qilib bo‘lmaydigan talablarni qo‘yishda davom etmoqda”.
Isroil tashqi razvedka xizmati “Mossad” rahbari David Barnea orqali yetkazilgan yuqoridagi shartlar bugun, 15 mart kuni harbiy Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida muhokama qilinadi.