HAMAS Isroilga raketa hujumi uyushtirdi

Olam

image

HAMAS G‘azo sektorining janubida joylashgan Rafah shahri hududidan Isroil tomon sakkizta raketa otdi, ularning bir qismi Isroil havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olindi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati yahudiy davlatining markaziy qismidagi havo hujumi haqidagi ogohlantirishdan so‘ng ma’lum qildi.

"Yaqinda Isroil markazida yangragan sirenalar ortidan Rafah hududidan Isroil hududi tomon sakkizta raketa uchirildi. Bir nechta raketalar SAXAL havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib olindi", deyiladi bayonotda.

Kan radiostansiyasining qayd etishicha, mamlakatning markaziy qismida so‘nggi to‘rt oy ichida birinchi marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan.
HAMASning harbiy qanoti bo‘lmish “Izziddin al-Qassam” brigadasi Tel-Avivga raketa hujumi uyushtirishga uringanini ma’lum qildi.

“Izzaddin al-Qassam” brigadalari Isroilning tinch aholiga qarshi tajovuziga javoban Tel-Avivga raketa hujumi uyushtirdi”, deyiladi harakat bayonotida.

Isroil armiyasi matbuot xizmati 29 yanvar kuni mamlakat markazida sirenalar yoqilganini xabar qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS Rafah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing