HAMAS G‘azo bo‘yicha yangi muzokaralarda qatnashmaydi

Olam

image

HAMAS Qatardagi G‘azoda sulh tuzish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi muzokaralarda qatnashmaydi. Bu haqda HAMAS rahbariyati a’zosining rasmiy bayonotiga tayanib, BBC xabar berdi.

HAMAS vakilining ma’lum qilishicha, u Isroil muzokaralar niqobi ostida urush olib borishda davom etayotganligi uchun o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda qatnashishni istamaydi. Isroil esa muzokaralarda ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi.

AFP xabariga ko‘ra, HAMAS bugun, 15 avgust kuni Dohada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etish yoki etmasligi hozircha aniq emas. 

Avvalroq, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “Mossad”tashqi razvedka xizmati  va “Shin-Bet” Bosh xavfsizlik xizmati rahbarlari muzokaralar uchun Qatar poytaxtiga borishini ma’lum qilgan edi.

Bu Isroil va XAMAS o‘rtasida sulh va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha bilvosita muzokaralarning birinchi bosqichi emas. Joriy yilning 12 iyul kuni Jo Bayden navbatdagi uchrashuvdan so‘ng Isroil hukumati va HAMAS rahbariyati o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvlar doirasini kelishib olganini aytgan. Shu bilan birga, AQSH Prezidenti tomonlarning hali qiladigan ishlari ko‘p ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Milliy xavfsizlik xizmatining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi matbuot brifingida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar joriy yilning 15 avgust kuni Qatarning Doha yoki Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tishi haqida ma’lum qilgandi. Kirbi AQSH, Misr va Qatarning qo‘shma bayonotidan so‘ng tomonlar harakatga kelganini va imkon qadar tezroq uchrashish istagini bildirganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil muzokaralarga delegatsiya yuborishini e’lon qilgan, Qatar esa HAMAS delegatsiyasining kelishini ta’minlashga va’da bergan.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qatar G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing