HAMAS G‘azo bo‘yicha sulh rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishga harakat qildi

Olam

image

Falastinning HAMAS radikal harakati G‘azo sektoridagi vaziyatni tartibga solish uchun AQSH prezidenti Jo Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan kelishuv rejasiga 29 ta o‘zgartirish kiritishni so‘ragan, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ularning barchasini rad etgan. Bu haqda Isroil hukumati rahbari devonining maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi.

“HAMAS Bayden taqdim etgan rejaga 29 ta o‘zgartirish kiritishga urindi, Netanyaxu bu o‘zgarishlarni rad etdi”, deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Prezident Bayden tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rejadan bir millimetr ham chetga chiqmagan.

“Isroil tomoni birorta ham shartni qo‘shmagan yoki olib tashlamagan. Isroil HAMASga ham rejani o‘zgartirishga ruxsat bermaydi”, deydi Gendelman.

Ma’lumot uchun, 31 may kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azoda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha uch bosqichdan iborat yangi kelishuv loyihasi shartlarini e’lon qildi.

Birinchi bosqich olti haftaga mo‘ljallangan bo‘lib, to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarini aholi punktlaridan olib chiqib ketish, Isroil qamoqlaridan yuzlab falastinlik mahbuslarni ozod qilish evaziga HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod etishni nazarda tutadi. Bu davrda tomonlar muzokaralarni boshlashi kerak va o‘zaro kelishuvga erishilgunga qadar sulh o‘z kuchida qoladi.

Ikkinchi bosqich barcha garovga olinganlarni, jumladan, harbiy xizmatchilarni ham ozod qilishni nazarda tutadi.

Uchinchi bosqichda G‘azo sektorini tiklash va halok bo‘lgan isroilliklarning qoldiqlarini yaqinlariga topshirish nazarda tutilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Netan'yaxu G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made