HAMAS garovga olingan amerikalik ona-bolani ozod qildi

Olam

image

HAMASning G‘azo sektoridagi qanoti vakili Abu Ubayda garovga olingan ikki AQSH fuqarosi ozod etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Abu Ubaydaning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror insonparvarlik sabablariga ko‘ra qabul qilingan. “Reuters” agentligi ozod etilganlar amerikalik ayol va uning qizi bo‘lganini bildirgan.

Agentlikning HAMAS harbiy qanoti vakiliga tayanib yozishicha, garovga olinganlarni ozod qilish Qatarning vositachiligi bilan amalga oshirilgan.

HAMASga ko‘ra, bu qaror Amerika xalqi va butun dunyoga AQSH Prezidenti Jo Bayden hamda ma’muriyatining ayblovlari yolg‘on va asossiz ekanligini isbotlash uchun qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Isroilning G‘azo sektoriga 7 oktyabrdan beri davom etayotgan zarbalari oqibatida kamida 4137 kishi halok bo‘ldi, ulardan 1524 nafari bolalar va 1000 nafari ayollardir.

 


Maqola muallifi

Teglar

HAMAS G'azo sektori AQSh fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing