HAMAS garovdagi 13 isroillikni ozod qildi

Olam

image

HAMAS tomonidan garovga olingan 13 nafar isroillik Qizil Xoch qo‘mitasiga topshirildi va ular G‘azodan chiqib ketmoqda. Bu haqda “The Times of Israel” nashri xabar berdi.

Ozod qilinganlar asosan ayollar va bolalardir. Bu HAMAS tomonidan Isroil bilan kelishuv doirasida ozod etilganlarning birinchi guruhidir.

“Garovga olinganlar Misr hududiga o‘tishi bilanoq ular harbiy vertolyotlarda Isroilga olib ketiladi”, deya aniqlik kiritadi BBC News.

Garovga olinganlarning ozod qilinganini HAMAS ham tasdiqladi, Uning bayonotida garovga olinganlar Qizil Xochga topshirilgani va hozir Misr bilan chegaradagi Rafah nazorat-o‘tkazish punkti tomon yo‘l olgani aytilgan.

Bundan tashqari, Tailand Bosh vaziri Settxa Txavisin HAMAS yana 12 nafar garovga olingan tailandlikni ham ozod qilganini ma’lum qilgan. Aytish joizki, tailandliklarni ozod qilish HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuvning bir qismi emas edi.

Eslatib o‘tamiz, 22 noyabrga o‘tar kechasi bir necha soatlik muhokamalardan so‘ng, Isroil va HAMAS o‘rtasida 4 kunlik sulhga kelishilgandi. Unga ko‘ra, 50 nafar garovdagi shaxs evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozodlikka chiqarilishi, 4 kun davomida har ikki tomon ham o‘t ochishni to‘xtatishi belgilangandi. Kecha, 24 noyabr kuni kelishuv kuchga kirgani xabar qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing