HAMAS delegatsiyasi yana Moskvaga bordi 

Olam

image

Rossiya poytaxti Moskvada Falastin fraksiyalarining yig‘ilishida ishtirok etgan HAMAS harakati delegatsiyasi Rossiya Prezidentining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashdi. Bu haqda HAMAS tegishli bayonotini e’lon qildi.

“HAMAS delegatsiyasi Rossiyaga Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash, Moskvada Falastin harakatlari orasida uchrashuv tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi va Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari bilan Falastin saflarini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar davomida erishilgan ijobiy natijalarni muhokama qildi”, deyiladi HAMAS bayonotida.

Muzokaralar chog‘ida Isroil agressiyasiga qarshilik ko‘rsatish va Falastin xalqiga gumanitar yordam yuborish muammolari muhokama qilingan. Tomonlar bunday uchrashuvlarni davom ettirish zarurligini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, turli Falastin harakatlari vakillari ichki bo‘linishni bartaraf etish uchun Moskvada 1-2 mart kunlari maslahatlashuvlar uchun yig‘ildi. Rossiya tomoni Falastin Ozodlik Tashkilotiga a’zo bo‘lgan fraksiya delegatlari, jumladan, FATH, shuningdek, HAMAS va “Islomiy jihod” ishtirokchilarining uchrashuvi uchun o‘z platformasini taqdim etdi, muzokaralar uchun jami 10 dan ortiq tashkilot emissarlari keldi.

Moskvadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha yakuniy bayonotda Falastin fraksiyalari o‘zlarining asosiy maqsadlariga erishish, jumladan, G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi Isroil tajovuziga, shuningdek, falastinliklarni o‘z yerlaridan kuch bilan siqib chiqarishga urinishlarga qarshi turish uchun harakat birligini e’lon qildi. Falastin fraksiyalari “Falastin xalqining yagona qonuniy vakili – Falastin Ozodlik Tashkiloti doirasidagi barcha Falastin kuchlari va fraksiyalarini qamrab olgan keng qamrovli milliy birlikka erishish uchun” uchrashuvlarini davom ettirishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Moskva HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing