HAMAS asirlar almashinuvi haqidagi xabarlarni rad etadi

Olam

image

HAMAS Isroil bilan bugun, 20 noyabr kuni kuchga kirishi kerak bo‘lgan mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Izzat ar-Rishq ma’lum qildi.

Uning aytishicha, asirlar almashinuvi va o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi turli HAMAS manbalariga asoslangan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ayni paytda, Isroilning "The Jerusalem Post" gazetasi ham rasmiy manbasining bayonotiga tayanib, bugun mahbuslarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq "Al Arabiya" va "Al Hadath" o‘z manbalariga tayanib, HAMAS va Isroil gumanitar tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga yaqin turganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing