HAMAS ertaga garovdagi 3 kishini ozod qiladi

Olam

image

Falastinning HAMAS harakati ertaga, 1 fevral kuni ozod qilmoqchi bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda  HAMAS a’zosi Abu Ubayda ma’lum qildi.

Bildirilishicha, mahbuslar orasida Isroil, AQSH va Fransiya fuqarolari bor.

“Falastinning HAMAS harakati 1 fevral kuni Isroil fuqarosi Yarden Bibas, amerikalik Kit Sigel va Fransiya fuqarosi Ofer Kalderonni ozod qilish rejalashtirilganini ma’lum qildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ularning barchasi tirik va yaxshi ahvolda. 

34 yoshli Yarden Bibas Isroilning Nir-Oz kibutsidan. Kit Sigel 65 yoshda va u Isroilning Kfar Aza shahridan. Isroil va AQSH fuqarosining 4 farzandi va 5 nabirasi bor. 54 yoshli Ofer Kalderon ham Isroilning Nir-Oz kibutsidan. 

Xabarga ko‘ra, ular ozod etilganidan keyin 79 nafar garovga olinganlar G‘azoda qoladi.

Ma’lumot uchun, Isroil, HAMAS, AQSH va Qatar vakillari 16 yanvar kuni kechqurun Dohada G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni rasman imzolagandi. 19 yanvar kuni kechqurun HAMAS birinchi asirlar guruhini ozod qildi. Ular uch nafar shaxsdan iborat bo‘lgan. Isroil esa 90 falastinlik mahbusni ozod qilgan. 25 yanvar kuni sulh kelishuvining birinchi bosqichi doirasida asir almashishning ikkinchi raundida G‘azo sektorida saqlanayotgan to‘rt nafar isroillik ayol evaziga Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 200 nafar falastinlik ozod qilindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 yanvar kuni Isroil hukumati garovga olingan falastinlik mahbuslarni ozod qilishni qisqa muddatga kechiktirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

mahbus Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing