HAMAS ham Isroilning sulh taklifini rad etdi

Olam

image

HAMAS Isroilning G‘azo sektorida barcha garovga olinganlarni ozod qilish sharti bilan ikki oyga harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda ismini oshkor etmagan misrlik yuqori martabali amaldorga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

AP’ning manbasining aytishicha, Isroil taklif qilgan rejaga ko‘ra, HAMAS isroillik garovga olinganlarni, Isroil esa hibsga olingan falastinliklarni ozod qilishi kerak edi. Bundan tashqari, HAMAS yetakchilari, agar bu taklif qabul qilinsa, boshqa mamlakatlarga bemalol ketishi mumkin edi.

Agentlik suhbatdoshiga ko‘ra, HAMAS Isroil taklifini rad etgan va yahudiy davlati G‘azoga hujumini to‘xtatib, qo‘shinlarini olib chiqmaguncha garovga olinganlarni ozod qilmasligini aytgan. Misr rasmiysining ta’kidlashicha, Qohira va Doha "ko‘p bosqichli taklif" ishlab chiqmoqda va tomonlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etishga harakat qilmoqda.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining ma’lum qilishicha, Qatarda HAMAS a’zolarini garovga olganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuvlar bo‘yicha maslahatlashuvlarda Vashington ma’muriyati vakillari ham ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMASning G‘azo sektorida janglarni to‘xtatish evaziga garovga olinganlarni qaytarish haqidagi taklifiga rozi bo‘lmagandi. Shundan so‘ng Isroil HAMASga G‘azo sektorida garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish evaziga ikki oylik sulh taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing