“Hali ko‘p qon to‘kiladi”. Isroil HAMAS yetakchisidan shikoyat qildi

Olam

image

Falastinning HAMAS harakati Isroilning garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha yangi taklifiga javob bermayapti. Bu haqda "Times of Israel" nashri xabar berdi.

Ismini oshkor qilmagan isroillik yuqori martabali mulozimning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS rahbariyati rasmiy Tel-Avivning va’dalariga ishonmaydi. 

"[HAMAS yetakchisi Yahyo] Sinvar biz bilan kelishmoqchi emas. Uni G‘azo xalqining taqdiri qiziqtirmaydiganga o‘xshaydi", deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr. 

Manbaning iddao qilishicha, "G‘azoda hali ko‘p qon to‘kiladi, buning uchun ular o‘zlarini ayblashlari kerak".

"Qatar boshchiligidagi vositachilar [HAMASga] hech qanday bosim o‘tkazmayapti. Qatar o‘zi boshpana bergan guruh yetakchilarini Isroilga berishi kerak va ularning terrorizm uchun ishlatayotgan yuz millionlab dollarlarini muzlatishi joiz", deydi amaldor.

Eslatib o‘tamiz, Isroilda Netanyaxu siyosatiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing