Ertadan O‘zbekistonda 28 m/s tezlikda shamol va 15 daraja sovuq kutilyapti

Bu qiziq

image

Joriy yilning 21-23 yanvar kunlarida O‘zbekiston hududiga g‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiya (Moskva viloyati) Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

21 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) yog‘adi.

22 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor, ba’zi joylarda kuchli qor yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

21-22 yanvarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

22-23 yanvarda havo harorati kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha; shimolda kechalari 12-15 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

22-23 yanvarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati me’yordan 8-10 darajaga past bo‘ladi.

Yo‘llarda yaxmalak bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

3456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing