O‘zbekistonda hafta o‘rtasida havo harorati biroz pasayadi

Bu qiziq

image

Bugun, 10 avgust kuni O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo quruq va issiq bo‘ladi, harorat 33-38 darajani tashkil qiladi. Ayrim joylarda shamolning tezligi 15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Ertaga mamlakat hududiga kuchsiz havo oqimining kirishi kutilmoqda, natijada harorat biroz - kechasi 18-23, kunduzi 30-35 darajagacha pasayadi. Ish haftasining oxiriga kelib harorat ko‘tarila boshlaydi va 33-38 darajani tashkil qiladi.

Bugun va ertaga respublika tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing