Hafta oxirida O‘zbekistonda qor yog‘ishi kutilmoqda
Bu qiziq
−
09 Oktabr 2020
63975Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta oxirida O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hududlarning katta qismida 9-10 oktyabr kunlari quruq havo saqlanib qoladi. Tungi harorat +3...+6, shimolda 0...-3 va kunduzi +13...+17 darajagacha bo‘ladi.
O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy hududlari Turkmaniston hududlaridan nam bulut massalari kirib keladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlari hamda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi, dengiz sathidan 2000 metr baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor.
11 oktyabr kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida kam bulutli va quruq ob-havo kutilmoqda. Kechasi havo harorati +3...+6, shimolda 0...-3, kunduzi esa +18...+20 darajagacha bo‘ladi.
Ertaga, 10 oktyabr kuni Respublika hududlari bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi:
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 15-17° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘ hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.