Hafta oxirida Kaspiy dengizi hududidan nam va sovuq havo kutilyapti

Bu qiziq 4803
image

Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta oxirida mamlakatda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Bugun, 10 yanvar kuni O‘zbekiston hududida ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Havo harorati 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ertaga, 11 yanvar kuni ham respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qashqadaryo, Surxandaryo viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Harorat shundayligicha saqlanib turadi – kechasi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Bu me’yorlarga yaqin haroratdir.

Yakshanba kuni havo oqimlarining almashadi: quruq havo oqimi o‘rnini Kaspiy dengizi hududidan kiradigan nam va sovuq havo oqimi egallaydi. U butun respublika hududiga ta’sir ko‘rsatadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘li hududlarda kuchli yog‘in yog‘ishi mumkin, faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

Harorat kechasi va kunduzi 0-5 darja iliqni tashkil qiladi, bu ko‘rsatkich shu kun me’yoridan sal pastdir.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 153
Reyting: 3
Teglar
t
×