Hafta oxirida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi
Bu qiziq
−
06 mart
38176O‘zgidromet 8-10 mart kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 darajada iliq, kunduzi 8 martda 14-19 darajada iliq, 9 martda 10-15 darajada iliq, 10 martda 12-17 darajada iliq bo‘ladi.
Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 martda kechasi 3-8 darajada iliq, kunduzi 15-20 darajada iliq, 9-10 martda kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 13-18 darajada iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi, 9 martda ba’zida 22-24 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 martda kechasi 3-8 darajada iliq, kunduzi 15-20 darajada iliq, 9-10 martda kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 13-18 darajada iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 darajada iliq, kunduzi 15-20 darajada iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9-10 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8 martda 0-5 darajada iliq, 9-10 martda 2-7 darajada iliq, kunduzi 13-18 darajada iliq bo‘ladi.
Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 martda kechasi 0-5 darajada sovuq, kunduzi 4-9 darajada iliq, 9-10 martda kechasi 2 darajada sovuq-3 darajada iliq, kunduzi 2-7 darajada iliq bo‘ladi.