Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
28 avgust 2023
9331Joriy hafta O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 31 avgust kuni kechasi va tongda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ertaga, 29 avgust kuni O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, kam bulutli va iliq ob-havo kutilmoqda, havo harorati 29-32 darajagacha ko‘tariladi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga nam havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
30 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 31 avgustda kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi.
31 avgust sanasida kunduzi va 1 sentyabrda O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 25-30 daraja atrofida bo‘ladi. 29 avgustda shimolda, 30-31 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida 28 va 29 avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 30 avgustda hamda 31 avgust kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat 28 avgustda 24-26 daraja, 29-31 avgust va 1 sentyabrda 25-30 daraja issiq bo‘ladi.