Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

Joriy hafta O‘zbekistonning aksariyat hududlarida havo kam bulutli bo‘ladi hamda hafta oxiriga kelib Volga bo‘ylaridan salqin havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 21-25 avgust kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat bugun, 21 avgust kuni kunduzi respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida va 22-24 avgust kunlari ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari 18-23 daraja iliq, kunduzi 21 avgustda 34-39 daraja, 22-23 avgustda 32-37 daraja, 24-25 avgustda esa 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 25 avgust kuni Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo massasi tarqala boshlaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi.

21 avgustda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Shu jumladan, poytaxt Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduzgi harorat 25 avgustda 37-39 daraja, 22-25 avgustda esa 34-37 daraja issiq bo‘ladi. Harorat kechalari 19-22 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing