Hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
25 noyabr 2019
6610Gidrometeorologiya xizmati markazi joriy haftada kutilayotgan ob-havo haqida axborot berdi.
Dam olish kunlarida yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchiliklar, “birinchi qor”dan keyin, bugun O‘zbekiston hududida ob-havo yog‘inlarsiz va kambulutlidir. Bunday hol nam havo oqimlarining Ural tomondan respublikaga kirgan juda sovuq antitsiklon bilan o‘rin almashishi bilan bog‘liq. Kunduzgi harorat 0 darajadan oshmaydi.
Ertaga, 26 noyabr kuni antitsiklon ta’siri kuchayadi. Natijada tungi harorat 6-8 daraja sovuqqacha, ayrim joylarda esa 10-12 daraja sovuqqacha tushadi. Kunduzi quyosh nurlari havoni 3 darajagacha ilitadi.
Keyingi kunlarda antitsiklon Qozoqistonning shimoli-sharqiy qismi tomon harakatlanib, ta’sirini kamaytiradi. Haftaning juma kuniga kelib tungi sovuq 0-5 daraja sovuqqacha ko‘tariladi, kunduzi havo harorati 5-7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.