Hafta boshida ob-havo qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
14:30 4087 3 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 10-11 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 10-11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 9-10 fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 11 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 9 fevralda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 9 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 10-11 fevralda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida 8 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq; 9-10 fevralda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 11 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-10 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 9 fevralda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 9 fevralda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq; 10-11 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
9-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-11 fevralda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, 9 fevralda ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 fevralda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, 9 fevralda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 10 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 11 fevralda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 8-9 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
10-11 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 9 fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq; 10-11 fevralda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 9-10 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq; 9 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq; 10 fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq; 11 fevralda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.