Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 29-31 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 dekabrda 0-5 daraja sovuq, 31 dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 30 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 29-30 dekabrda 0-5 daraja iliq, 31 dekabrda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 29 dekabrda ba’zi joylarda 12 daraja iliqqacha; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 29-30 dekabrda 0-5 daraja sovuq, 31 dekabrda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha; 30 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 31 dekabrda kechasi 0-5 daraja  iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29 dekabrda kechga tomon va 30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, ba’zi joylarda 15 daraja iliqqacha; 30 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq; 31 dekabrda kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 29 dekabrda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq; 30 dekabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq; 31 dekabrda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi. 

Respublikaning Tog‘li Hududlari Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 29 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 30-31 dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing