Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 3-5 mart kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 martda 3-8 daraja sovuq, 5 martda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 martda 2-7 daraja iliq, 4-5 martda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 martda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 5 martda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3 martda 2-7 daraja iliq, 4-5 martda 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3-4 martda 3-8 daraja sovuq, 5 martda 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 martda 2-7 daraja iliq, 4-5 martda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3 martda 0-5 daraja iliq, 4-5 martda 7-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 martda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3 martda 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 4-5 martda 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 3 martda 0-5 daraja iliq, 4-5 martda 8-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-4 martda 7-12 daraja sovuq, 5 martda 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 martda 2-7 daraja sovuq, 4-5 martda 2-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing