Hafta boshida havo harorati qanday bo‘ladi?
Bu qiziq
−
15 noyabr 31097 2 daqiqa
O‘zgidromet 17-20 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 noyabrda 2-7 daraja iliq, 20 noyabrda 0-5 daraja iliq, kunduzi 17 noyabrda 17-22 daraja iliq, 18-20 noyabrda 10-15 daraja iliqqacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 17-18 noyabrda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 19-20 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-18 noyabrda 17-22 daraja iliq, 19-20 noyabrda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-18 noyabrda 19-24 daraja iliq, 19-20 noyabrda 14-19 daraja iliqqacha pasayadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-18 noyabrda 15-20 daraja iliq, 19 noyabrda 13-18 daraja iliq, 20 noyabrda 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yoki qor bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat 16-18 noyabrda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq, 19-20 noyabrda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr