Habibning ustozi shogirdini kim yenga olishini aytdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedovning treneri Haver Mendes boshqa bir shogirdi Islom Maxachevning iqtidorini yuqori baholab, Islom Habibni yutishi mumkinligini taxmin qildi.

“Islom juda kuchli. Men ikkalasini ham shug‘ullantirganman. Mashg‘ulotlarda faqat Islom Habibga qarshilik ko‘rsata olardi. Nazariy jihatdan olib qarasak, Islomdagi kuch bilan Habibni yengish mumkin”, deydi trener Haver Mendes.

Ma’lumot o‘rnida, Habib Nurmuhamedov o‘tgan yilning 24 oktyabr kuni  Abu-Dabidagi “Janglar oroli”da amerikalik Jastin Geytjeni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, sportdagi faoliyati yakunlanganini e’lon qilgan edi. Joriy yilning 15 yanvar kuni esa UFC prezidenti Dana Uayt sportchining kelajagini muhokama qilish uchun Habib Nurmuhamedov bilan uchrashdi. 

 

Uchrashuvda Habib UFC’ga qaytishi uchun shart qo‘ygan. Unga ko‘ra, joriy yilning 23 yanvaridan 24 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lishi rejalashtirilgan UFC-257 da oktagonga ko‘tariladigan Konor-Pore va Chendler-Xuker jangi Habibni nimasi bilandir hayron qoldirsa, u sportga qaytadi.

Islom Maxachev ham Habib kabi rossiyalik jangchi va Haver Mendesning shogirdi. Uning hisobida 18 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Dana Uayt Maxachev Hav'er Mendes

Baholaganlar

878

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing