Habibning natijasini o‘zidan boshqasi yangilay olmaydi – “DC” Korme

Sport

image

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Daniel Korme Instagram sahifasida Habib Nurmuhamedovning so‘nggi jangiga bag‘ishlangan postini e’lon qildi. Bundan bir yil oldin Jastin Getjini mag‘lub etgan va faoliyati yakunlanganini e’lon qilgandi.

“Shu kuni, roppa-rosa bir yil oldin, eng buyuk jangchi mutlaq Jahon chempioni sifatida faoliyatini yakunladi. Men u bilan birga mashg‘ulot o‘tkazgan kunlarni qo‘msayapman va Abu-Dabidagi uchrashuvni intizorlik bilan kutaman. Habib 40 yoki 50 ta g‘alabali seriya qayd etishi ham mumkin edi, ammo “29-0” rekordi bilan divizionni tark etdi. Bu natijani uning o‘zidan boshqa hech kim yangilay olmaydi”, deydi Korme.

Shundan so‘ng, Habib “DC”ning fikrlariga izoh qoldirdi: 

“Tanishganimizdan juda xursandman. Men sening janglaringni ko‘rib ulg‘aydim va muvaffaqiyatli kareramning sababchilaridan biri bo‘lgansan”.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov joriy yilning 30 oktyabr kuni Abu-Dabida o‘tkaziladigan UFC 267 turniri Islam Maxachev va Zubayra Tuxugovga sekundantlik qiladi. Daniel Korme esa Jo Rogan bilan birgalikda turnirni sharhlab boradi.  
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmuhamedov Daniel' Korm'e

Baholaganlar

29

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing