Habibning ligasida o‘zbekistonlik jangchi mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 29 yanvar kuni AQSHning Mayami shahrida “Eagle FC 44” turniri o‘tkazildi.

UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedovga tegishli bo‘lgan promoushenda o‘zbekistonlik MMA jangchisi Firdavs Hasanov (7-3) amerikalik Shon Banchga (11-5) qarshi oktagonga ko‘tarildi va to‘liq uch raund davom etgan bahsda hakamlarning qarori bilan mag‘lubiyatga uchradi.

Musobaqasining markaziy jangi rossiyalik aralash yakkakurashlar jangchisi Sergey Xaritonov (34-9) va gollandiyalik Tayron Spong o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda 41 yoshli Xaritonov raqibini nokautga uchratdi. Sergey turnirda ishtirok eta olmagan Antonio Silva o‘rnini egallagan. 

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmuhamedov AQSHda tashkil etilgan ilk musbaqaga “Manchester Yunayted” va “Real Madrid” sobiq yarim himoyachisi Devid Bekxem tashrif buyurishini aytib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib MMA Bekxem Firdavs Hasanov “Eagle FC 44”

Baholaganlar

358

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing