Habib van Deykka sabr tiladi
Sport
−
30 yanvar 2021 6579 1 daqiqa
Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Virjil van Deyk bilan uchrashdi. Bu haqda rossiyalik jangchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.
“Virjil, sen bilan tanishganimdan xursandman. Tezroq sog‘ayib ketishinga tilakdoshman. Jarohatlar nimaligini bilaman. Sabrli bo‘l”, deb yozadi Habib.
Ma’lumot o‘rnida, ayni vaqtda “mersisaydliklar” himoyachisi o‘tgan yilning oktyabr oyida APLning 5-turidan o‘rin olgan “Everton”ga qarshi bahsda olgan chuqur jarohatidan davolanmoqda. Shifokorlar futbolchining safga qaytishi uchun kamida 7-8 oy vaqt ketishini taxmin qilgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr