Habib O‘zbekistonda o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi

Sport

image

UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov 2023 yilga qadar O‘zbekistonda restoran ochishi mumkin.

Gap shundaki, rossiyalik aralash yakkakurash jangchisiga aloqador “M-eat group Franchising” kompaniyasi “M-eat by Khabib” tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘ini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar bergan.

Ta’kidlanganidek, “Moscow City” biznes markazidagi “City of capitals” minorasida tarmoqning birinchi korxonasi allaqachon ochilgan. May oyining oxiriga qadar kompaniya Moskvada yana 14 ta umumiy ovqatlanish shoxobchalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Muassasalarning manzillari hali e’lon qilinmagan, bir muassasani ochish narxi esa 35-40 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

“M-eat group Franchising” vakili 2023 yil oxirigacha kompaniya beshta davlatda, jumladan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklarida 150 ta savdo nuqtalarini ochishni ko‘zlayotganini ta’kidladi. Endi kompaniya ushbu mamlakatlarda franchayzerlarni qidirmoqda. Rossiyada “M-eat by Khabib” umumiy ovqatlanish shoxobchalari Markaziy Federal okrug va Shimoliy Kavkazda ham paydo bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, avvalroq Habib o‘zining mobil operatorini ishga tushirganini e’lon qilgan edi. Yangi kompaniya bozorga “Eagle Mobile” nomi bilan kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib “M-eat by Khabib”

Baholaganlar

874

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing